JCH 3-saralash bosqichi. O'zbekiston terma jamoasining Qirg'iz Respublikasiga qarshi uchrashuvi qaysi vaqtda boshlanishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2025
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH 3-saralash bosqichi 7-turidan o'rin olgan Qirg'iz Respublikasiga qarshi bahsni "Bunyodkor" stadionida qabul qiladi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi 20 mart sanasiga belgilangan uchrashuv 18:45 da start olishini ma'lum qildi.

25 mart kuni bo'lib o'tishi kutilayotgan Eron hamda O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuv qayerda va qaysi vaqtda boshlanishi noma'lum. OFK fevral oyida Eronda o'tkaziladigan OCHL o'yinlariga qarab yakuniy qarorni qabul qiladi.

7-tur

"A" guruhi

20 mart

O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:45


Qatar – KXDR

Doha. "Jassim bin Hamad" stadioni. 23:15


Eron – BAA (tafsilotlar noma'lum)


"B" guruhi

Koreya Respublikasi – O'mon

Seul. "Jahon Kubogi" stadioni. 16:00


Iordaniya – Falastin

Amman. Amman xalqaro stadioni. 23:15


Iroq – Kuvayt

Basra. Basra xalqaro stadioni. 23:15


"C" guruhi

Avstraliya – Indoneziya

Sidney. Sidney futbol stadioni. 14:10


Yaponiya – Bahrayn

Saytama. "Saytama 2002" stadioni. 15:35


Saudiya Arabistoni – Xitoy

Ar-Riyod. "Mrsul Park" stadioni. 23:15


8-tur

"A" guruhi

25 mart 

Qirg'iz Respublikasi – Qatar

Bishkek. Dolen Omurzakov nomidagi stadion. 18:45


Eron – O'zbekiston (tafsilotlar noma'lum)


KXDR – BAA (tafsilotlar noma'lum)


"B" guruhi

Falastin – Iroq (tafsilotlar noma'lum)


Koreya Respublikasi – Iordaniya 

Seul. "Jahon Kubogi" stadioni. 16:00


Kuvayt – O'mon

Ardiya. Jobir Al Ahmad xalqaro stadioni. 23:15


"C" guruhi

Yaponiya – Saudiya Arabistoni

Saytama. "Saytama 2002" stadioni. 15:35


Xitoy – Avstraliya

Chanchjou. Chanchjou olimpiya sport markazi. 16:00


Indoneziya – Bahrayn

Jakarta. "Bung Karno" stadioni. 18:45


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: the-afc.com