

Oldinroq JCH-2034 2035 yilning yanvarida bo'lishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
"Agarda Siz bir vaqtning o'zida barcha joyda futbol bo'lishini istasangiz, turnirni mart yoki oktyabr oyida o'tkazishingiz kerak bo'ladi. Chunki dekabrda dunyoning yarmi futbol o'ynaydi, iyulda esa boshqa yarmi.
Bu borada ishga kirishganmiz. Hamma bilan suhbat olib boryapmiz. Gap faqatgin JCH-2034ning taqvimida emas, umumiy taqvim haqida ketmoqda.
Hatto Yevropaning ayrim mamlakatlarida ham iyul oyida qattiq issiq bo'ladi. Lekin Yevropada iyun oyida turnirni o'tkazsa bo'ladi.
Balki bizda taqvimni shu turnirga moslashtirish imkoniyati bordir. Buni muhokama qilyapmiz. Biz shunchaki oddiy qaror chiqarishimiz kerak", - dedi Infantino.



