JCH-2026 sari uzoq yo'l boshlanmoqda. O'zbekiston MTJ Toshkentda yig'inga kirishdi

Narzulla Saydullayev
13 noya 2023
Bugun, 13 noyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash o'yinlariga tayyorgarlikni boshladi.

"Jar" stadionida o'tgan mashg'ulotda Srechko Katanets tomonidan yig'inga chaqiruv olgan 26 nafar futbolchidan 22 nafari ishtirok etdi.

Bugungi mashg'ulotda turli sabablarga ko'ra quyidagi futbolchilar qatnashishmadi: Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Jaloliddin Masharipov ("Panserraykos", Gretsiya), Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Abduqodir Husanov ("Lans", Fransiya).

Oston O'runov, Sherzod Nasrullaev va Alibek Davronov kuni kecha o'z klubi safida maydonga tushishgani uchun engil tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 14 noyabr kuni ham Toshkentda mashg'ulot o'tkazadi va 15 noyabr kuni charter reys bilan Turkmanistonga jo'nab ketadi. JCH-2026 saralashi doirasidagi Turkmaniston - O'zbekiston uchrashuvi 16 noyabr kuni bo'lib o'tadi.


Noyabr oyidagi yig'inga chaqiruv olgan futbolchilarning to'liq ro'yxati:

Darvozabonlar
- Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev (OKMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor"), Valijon Rahimov (OKMK)

Himoyachilar - Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullaev ("Xor Fakkan", BAA), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Abduqodir Husanov ("Lans", Fransiya), Alibek Davronov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Aziz G'aniev ("Shabab Al Ahli", BAA), Otabek Shukurov ("Fotih Karagyumruk", Turkiya), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Abbos Fayzullaev (SSKA, Rossiya), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Jaloliddin Masharipov ("Panserraikos", Gretsiya), Oston O'runov ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor").

Hujumchilar - Eldor Shomurodov ("Kalyari", Italiya), Igor Sergeev ("Patum Yunayted", Tailand), Bobir Abdixoliqov ("Ordabasi", Qozog'iston), Jasur Yaxshiboev ("Navbahor").

O'zbekiston MTJning bugungi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA


O'zbekiston MTJning bugungi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia