JCH-2026 saralashi. Avstraliya yana yuta olmadi

Omonjon To`xtamirzayev
10 sen 2024
JCH saralashi 3-bosqich 2-turi doirasida Indoneziya - Avstraliya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Kutilmaganda, Avstraliya terma jamoasi bu safar ham g'alaba qozona olmadi. Avvalgi uchrashuvda Bahraynga imkoniyatni (0:1) boy bergan "kengurular" bu safar Indoneziya darvozasiga ham yo'l topa olishmadi.  


JCH-2026 saralashi. 3-bosqich
"S" guruhi, 2-tur
Indoneziya - Avstraliya 0:0 

Indoneziya: 1.Marten Paes, 2.Kalvin Verdonk, 3.J.Idzes, 5.Rizki Ramadani, 6.Sendi Uolsh, 22.N. Tjoe a On, 7.Marselino Ferdinan, 11.R.Oratmangoen, 18.Ivar Jenner, 23.Jastin Ubner, 9.Rafael Streyk

Avstraliya: 1.Metyu Rayan, 13.A.Sirsati, 16.Aziz Bexich, 19.Garri Suttar, 21.Kameron Berjess, 7.Semuel Silvera, 17.Kianu Bakkus, 20.Nestori Irankunda, 22.Irvin Jekson, 15.Mitchell Dyuk, 23.Kreyg Gudvin

Ogohlantirishlar: Jastin Ubner (57) - Kreyg Gudvin (11), Kianu Bakkus (44), Semyuel Silvera (90+2).



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia