JCH-2026 saralash. Janjal sababli kech boshlangan Braziliya - Argentina uchrashuvida Otamendining goli amaldagi chempionlarga g'alabani taqdim etdi

Nozimov Nig'monxo'ja
22 noya 2023
Janubiy Amerikada JCH-2026 uchun saralash bahslari davom etmoqda.

Bir necha daqiqa avval Braziliya va Argentina o'rtasidagi uchrashuv o'z yakuniga etdi. 

Uchrashuv taqdirini 63-daqiqada Otamendi tomonidan kiritilgan yagnona gol hal qildi va mehmonlarga navbatdagi g'alabani taqdim etdi.

Braziliya – Argentina 0:1 

Gol: 0:1 – 63 Otamendi.

Braziliya – Alisson, Emerson, Markinos (Nino, 46), Gabriel (Joelinton, 72), Karlos Augusto, Bruno Gimaraes (Duglas Luis, 78), Andre, Rafinya (Endrik, 72), Rodrigo, Martinelli (Rafael Veyga, 78), Gabriel Jezus.

Argentina – Martines, Molina, Otamendi, Romero, Akunya (Talyafiko, 66), Lo Chelso (Gonsales, 70), Mak Allister, De Pol, Fernandes (Paredes, 70), Messi (Di Mariya, 78), Alvares (Martines, 78).

Ogohlantirish: Gabriel Jezus (5), Rafinya (14), Karlos Augusto (33).

Chetlatish: Joelinton (81).


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia