JCH-2026 saralash bosqichi. Eron Turkmanistonni mag'lub etib, O'zbekistonning keyingi bosqich va Osiyo kubogiga yo'l olishini taminladi

Оқил Абдубарноев
26 mar 2024
Jahon chempionati-2026 saralashi 2-bosqichi 4-turidan o'rin olgan Turkmaniston - Eron uchrashuvi yakunlandi.

Bellashuvda forslar Mehdi Gayedining yagona goli evaziga g'alaba qozondi. Shu tariqa, Eron va O'zbekiston terma jamoalari rasman 3-bosqichga yo'l olish bilan bir qatorda 2027 yilgi Osiyo kubogi ishtirokchisiga aylandi. 

So'nggi ikki tur guruh g'olibini aniqlash uchungina o'tkaziladi.

TURNIR JADVALI


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia