JCH-2022 saralashi. Guruhdoshimiz Saudiya Arabistoni Yaman bilan o'yinga tayyorlanmoqda

Narzulla Saydullayev
8 sen 2019
Evre Renar boshchiligidagi Saudiya Arabistoni 10 sentyabr kuni JCH-2022 saralashi doirasida Yaman mehmoni bo'ladi.

O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan Saudiya Arabistoni 1-turda dam oldi va Mali bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib oldi. Ayni paytda terma jamoa Dammam shahrida 2-turga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.


Ma'lumot uchun, Yamandagi siyosiy vaziyat tufayli ushbu jamoa o'z uy o'yinlarini Bahrayn poytaxti Manama shahrida o'tkazadi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia