JCH-2022 saralash. Elkeson rasmiy debyutida dubl qayd etdi, Xitoy esa yirik g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
10 sen 2019
JCH-2022 saralashidan o'rin olgan Maldiv hamda Xitoy o'rtasidagi bellashuvda mehmonlar yirik hisobda (0:5) zafar qozonishdi.

Xitoyliklar safida rasmiy debyutini o'tkazgan Elkeson dubl qayd etgan bo'lsa, U Si, U Ley, Yan Syuy o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi. Shu tariqa, Marchello Lippi shogirdlari to'plar nisbatiga ko'ra A guruhida peshqadam bo'lib olishdi.


Maldiv – Xitoy – 0:5

Rasmi Dxandu o'yingohi.

Gollar: 0:1 – U Si 33, 0:2 – U Ley 45, 0:3 – Yan Syuy (pen.) 64, 0:4 – Elkeson (pen.) 83, 0:5 – Elkeson 90+2.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia