JCH-2022. Rekord “otmen”! Rossiyalik jurnalistning tarixiy natijasi Ginnes kitobiga kiritilmaydigan bo'ldi

Eldor Akmurzayev
12 dek 2022
Rossiyalik jurnalist Timur Juravel Qatardagi mundial oldidan musobaqaning barcha o'yinlarini bevosita stadiondan kuzatib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy olishni niyat qilgandi.

U bu borada dunyodagi birinchi shaxs sifatida rekord qo'yishi mumkin edi. Juravel hozirgacha o'tkazilgan barcha o'yinlarda bo'ldi va yarim final, bronza medali uchun bahs hamda final uchrashuvlari qolgandi.

“Afsuski, tadqiqot guruhimiz a'zolari bilan arizangizni sinchiklab o'rganib chiqqach, sizning taklifingizni Ginnesning rekordlar kitobiga kirita olmaymiz, deb javob berishga majburmiz.

Ginnesning rekordlar kitobi Rossiya va Belarus bilan barcha aloqalarni noma'lum muddatga to'xtatgan. Shunday qilib, bu rekordni qabul qilolmaymiz”, deb yoziladi tasischilar xabarida.

“Bu, albatta, yomon yangilik, ammo halokatli emas. Kitobda hech qanday yozuv bo'lmaydi, ammo butun umrga etarli taasurotlar qoladi. Va siz ko'rishingiz mumkin bo'lgan videolar ham bor. Ular yana bo'ladi”, deya munosabat bildirgan Juravel.

Timur Juravel: "Osiyo jamoalarining g'alabalari tasodif emas"


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru