JCH-2022. Ramush joriy mundialda xet-trikka erishgan ilk futbolchi bo'ldi va unga ...

Eldor Akmurzayev
7 dek 2022
Qatardagi mundial 1/8 finalida Portugaliya TJ 6:1 hisobida Shveytsariyani tor-mor etdi.

Kechagi bahsda Krishtianu Ronalduning o'rniga asosiy tarkibda maydonga tushgan hujumchi Gonsalu Ramush xet-trikka erishdi va u joriy turnirda bunday natija qayd etgan ilk futbolchi bo'ldi. Bundan tashqari, unga bahsdagi to'pni uyga olib ketishiga ruxsat berildi. 21 yoshli forvard bu borada ham bu mundialdagi birinchi bo'ldi.

Odatga ko'ra, bir uchrashuvda 3 ta gol urgan o'yinchiga to'pni o'zi bilan olib ketishga ruxsat beriladi.

Qatardan maxsus: Tolibjon Qosimov


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia