

Qatarda o'tkazilayotgan mundialning navbatdagi guruhida o'yinlar yakunlandi. "H" guruhida Janubiy Koreya terma jamoasi Portugaliyani fantastik tarzda mag'lub qilib, pley-offga yo'l oldi va Osiyoning guruhdan chiqqan navbatdagi jamoasiga aylandi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Urugvay Ganani mag'lubiyatga uchratdi, ammo to'plar nisbatiga (urilgan gollarning kamligi) ko'ra Janubiy Koreyaga yutqazib turnirni tark etdi. Gana esa o'z-o'zidan to'rtinchi o'rin bilan mundialdagi ishtirokini yakunladi.




