JCH-2022 finali bosh hakami: "Hakamlar haqida bir og'iz so'z aytilmasligi uchun bor mahoratimizni ishga solamiz"

Sherzod Nurmatov
16 dek 2022
Marchinyak Argentina hamda Fransiya o'rtasidagi final uchrashuvi oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

Argentina va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi mundial final uchrashuvi bosh hakami Shimon Marchinyak bo'lajak o'yin oldidan taassurotlari bilan bo'lishdi.

"Ajoyib o'yin bo'lishini kutyapman. Argentina va Fransiya har soniyada ajoyib narsalarni qila oladigan hayratlanarli nomlarga ega ikki buyuk jamoadir. Biz allaqachon ikki jamoa ishtirokidagi o'yinlarda hakamlik qildik, ular bizni bilishadi. Bu biz uchun katta imkoniyat, bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz. O'yindan keyin hakamlar haqida bir og'iz so'z aytilmasligi uchun bor mahoratimizni ishga solamiz", – dedi Marchinyak.

JCH-2022 final bahsi musobaqaning asosiy stadioni – "Lusail" arenasida 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ​Przeglad Sportowy