JCH-2018 stadionlari: Mordoviya Arena haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Omonjon To`xtamirzayev
19 may 2018
Bugun, ananamizga muvofiq, Jahon Chempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan stadionlardan yana biri Mordoviya Arena haqida ma'lumot beramiz.
  • Mordoviya Arenastadionida JCH-2018 guruh bosqichining 4ta o'yini bo'lib o'tadi
  • Stadion Saransk shahrining Insar ko'li bo'yida qad rostlagan
  • JCH-2018dan so'ng, stadion Mordoviya klubining uy arenasi bo'lib xizmat qiladi 


O'yinlar
Mordoviya Arena  stadionida JCH-2018 guruh bosqichining 4ta o'yini bo'lib o'tadi. Ushbu arena dastlab Peru va Daniya terma jamoalarini qabul qiladi. Bu o'yin 16 iyun sanasida o'tishi belgilab qo'yilgan.

Imkoniyatlari
Chempionat vaqtida Mordoviya Arenaga 44 000 tomoshabin tashrif buyurishi mumkin bo'ladi. Saransk shahri imkoniyatlaridan kelib chiqsak, bu ajoyib ko'rsatkich.


Joylashgan o'rni
Yangi stadion shaharning Insar ko'li bo'yida barpo etilgan. Shuningdek, mehmonxona, muxlislar festivali maydoni va boshqa ko'ngilochar dam olish maskanlari arenaga yaqin bo'lgan joylarda qurilgan.    

Bilasizmi?
Mordoviya Arena qurilishida olovrang, qizil va oq ranglar uyg'unligidan foydalanilgan. Ular barchaga Mordoviya futbol klubining logotipini eslatib turadi.

Dastlabki o'yinlar
Yaqindagina qurilish ishlari yakunlangan Mordoviya Arenada dastlabki o'yinlar aprel-may oylarida bo'lib o'tdi. 21 aprel kuni Mordoviya klubi Zenit-Ijevskni, 4 may sanasida Kamazni klubi qabul qildi. 16 mayda esa “Mordoviya” klubi ilk g'alabaga erishdi va milliy futbol ligasiga chiqish yo'llanmasini qo'lga kiritdi.      

Meros
Jahon Chempionati-2018 dan so'ng, ushbu stadion “Mordoviya” klubining uy arenasi bo'lib qoladi. Respublika va shahar hukumati keyinchalik stadionni Saransk va Mordoviyaning yirik sport va ko'ngilochar maskaniga aylantirmoqchi. Shuningdek, Mordoviya Arena mahalliy tadbirlar o'tkaziladigan joy bo'lishi rejalashtirilmoqda.

fifa.com saytidan Nozima Zaripova tarjimasi  


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: сhampionat.asia