JCH–2018 saralashi. Ravshan Ermatov BAA – Yaponiya uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi

Narzulla Saydullayev
7 mar 2017
O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “B” guruhi 6-turidan o'rin olgan BAA – Yaponiya uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.

Ravshan Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasini Dmitriy Pislegin bajaradi. Bahraynlik Abdulrahmon Abdulxoliq al-Delavar hakamlar nazoratchisi bo'lib ishlaydi. Uchrashuv komissari – Kemel Tokabaev (Qirg'iziston).  

BAA va Yaponiya o'rtasidagi uchrashuv 23 mart kuni Al-Ayn shahridagi Hazza Bin Zayed Stadium maydonida bo'lib o'tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 19:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, JCH–2018 saralash bosqichi “B” guruhi 5-turidan keyin Yaponiya 10 ochko bilan to'plar nisbati bo'yicha Saudiya Arabistoniga (10 ochko) imkoniyatni boy bergan holda 2-o'rinda bormoqda. BAA 9 ochko bilan Avstraliyaga (9 ochko) to'plar nisbati bo'yicha imkoniyatni boy bergan holda 4-pog'onani band qilib turibdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com