JCH-2018 saralashi pley-off doirasidagi oxirgi 6ta o'yinda umuman gol urilmadi + FOTO

Tolibjon Qosimov
14 noya 2017
Kecha tunda JCH-2018 saralash pley-off o'yinlari doirasida Italiya terma jamoasi o'z maydonida Shvetsiya bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Shu tariqa, birinchi bellashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozongan shvedlar mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Qizig'i, oxirgi 4 kun davomida o'tkazilgan mundial saralashi pley-off o'yinlarida umuman gol urilmadi.

JCH-2018 saralash, pley-off o'yinlari
Juma

Gonduras - Avstraliya 0:0

Shanba
Daniya - Irlandiya 0:0
Yangi Zelandiya - Peru 0:0

Yakshanba
Shveytsariya - Shimoliy Irlandiya 0:0
Gretsiya - Xorvatiya 0:0

Dushanba
Italiya - Shvetsiya 0:0


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball