JCH-2018. Saralash bosqichi. Germaniya safarda qiyin g'alabaga erishdi, Norvegiya Ozarbayjonni taslim etdi

JCH-2018 saralash bosqichi Yevropa mintaqasida terma jamoalar 7-tur bellashuvlarini o'tkazishmoqda.

Mintaqaning “S” guruhida ishtirok etayotgan Germaniya terma jamoasi safarda Chexiyani qiyinchilik bilan mag'lub etdi. Uchrashuvning 4-daqiqasida Timo Verner hisobni ochgan bo'lsa, 78-daqiqada Vladimir Darida nemislar darvozasiga chiroyli gol urib muvozanatni tikladi. Ammo bellashuvning so'nggi daqiqalarida Mats Xummels mehmonlarga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi.

JCH-2018 - Yevropa. C guruhi. 7- tur

Chexiya 1 : 2 Germaniya

0:1 – Verner – 4, 1:1 – Darida – 78, 1:2 – Xummels – 88

Norvegiya 2 : 0 Ozarbayjon

1:0 – King – 32 (pen), 2:0 – Sadyxov – 59 (avtogol)

San-Marino 0 : 3 Shimoliy Irlandiya

0:1 – Majennis – 70, 0:2 – Majennis – 75, 0:3 – Devis – 78 (pen)


“S” guruhidagi vaziyat:

1. Germaniya - 21 ochko (7 o'yin);

2. Shimoliy Irlandiya - 16 (7);

3. Chexiya - 9 (7);

4. Norvegiya - 7 (7);

5. Ozarbayjon - 7 (7);

6. San-Marino - 0 (7).



Manba: championat.asia