JCH-2018. Rossiyaga Xitoydan 100 mingga yaqin muxlis kelishi kutilyapti

Aslanov Jasurbek
28 mar 2017
2018-yili Rossiya yashil maydonlarida o'tkaziladigan Jahon chempionatiga Xitoydan 100 mingga yaqin muxlis tashrif buyurishi mumkin.

Bu haqda South China morning post nashri xabar tarqatdi. Hisob-kitoblarga qaraganda, sayyohlik harajatlari taxminan 25 mln. dollarga aylanadi.

Taqqoslash uchun, 2014-yili Braziliyada o'tgan mundialga Xitoydan taxminan 5000 muxlis tashrif buyurgan edi. Xitoylik bir sayyohga Rossiyaga borish 850 dollar tushadi. 




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: