Jazoirda futbolchi o'yin vaqtida vafot etdi

Mirjalol Normatov
26 dek 2021
Jazoir ikkinchi divizionida "Oran" va "Saida" jamoalari ishtirokidagi o'yin yakunlanmay qoldi.

"Saida" jamoasi futbolchisi Sofyan Lukar 28 yoshida vafot etdi. O'limning sababi sifatida o'yin vaqtida uning yuragi huruj qilib qolgani keltirildi.

Futbolchi jamoadosh darvozaboni bilan to'qnashib ketgan. Keyinchalik u tibbiy yordamdan keyin maydonga qaytgan va 10 daqiqadan keyin maydonga yiqilib tushgan.

U kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

"Oran" - "Saida" uchrashuvi noma'lum muddatga qoldirilgan. Bu vaqtda mehmonlar 1:0 hisobida oldinda borayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal