Javohir Sidiqov - "Lokomotiv" futbolchisi

Xayrulla Xoliqov
12 yanv 2021, 12:32
2013 yil BAAda o'tkazilgan U-17 jahon chempionatida porlagan yarim himoyachi "temiryo'lchilar" bilan shartnoma imzoladi.

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan "Lokomotiv" o'z safini yana bir iqtidorli futbolchi bilan to'ldirib oldi. O'tgan yil "Paxtakor" tarkibida to'p tepgan Javohir Sidiqov ushbu mavsumni "Loko" libosida o'tkazadi. 

Ma'lumot uchun, Sidiqovning oliy ligada debyuti 2016 yil ro'y bergan. O'shanda u "Paxtakor" safida ikkita bahsda maydonga tushib, keyinchalik "Qo'qon-1912"ga ijaraga berilgan va 2017-2018 yilgi mavsumlarni ham qo'qonliklar safida o'tkazgandi. Sidiqov o'tgan yil "Paxtakor" safida Superligada 14 bor maydonga tushib, 3ta gol muallifi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq championat.asia sayti bu haqda xabar bergandi



Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz