Jarimaga tortilgan Kosta bir oyga safdan chiqdi

“Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Kosta YCHL 1-turi doirasida “Valensiya”ga qarshi bellashuvda jarohat olgandi.

Tibbiy tekshiruv natijalariga ko'ra, futbolchi to'piq bo'g'imi va sonidan jarohat olgan. Shu tariqa u kamida uch-to'rt haftaga safdan chiqdi, deya xabar bermoqda Calciomercato.com.

Ispaniyada kechgan bellashuvda u 67-daqiqada maydonga tushgan, ammo 89-daqiqada jarohat olib, safdan chiqqandi.

Eslatib o'tamiz, Italiya A seriyasining 4-turida futbolchi “Sasuolo”ga qarshi bahsda raqib yuziga tupurgani uchun to'rtta o'yinga diskvalifikaciya qilingan ham edi.


Manba: Calciomercato.com.