Jardim yana Liga 1 da ish boshlashi mumkin

Leonardo faoliyatini tiklash arafasida.

Andre Villash-Boash “Marsel” rahbariyati bilan chiqisha olmayotgani sabab klubdan ketishi kutilmoqda. Portugaliyalik murabbiy transferlar uchun etarli mablag' yo'qligidan norozi. Qayd etilishicha, marselliklar Villash-Boashning o'rniga “Monako” sobiq ustozi Leonardo Jardim hamda “Lill” ustozi Kristof Galte nomzodlarini ko'rib chiqmoqda. Asosiy nomzod sifatida esa Jardim ko'rilmoqda.

“Marsel” moliyaviy inqiroz sabab bor e'tiborini yosh o'yinchilarga qaratishni rejalashtirgan.


Manba: L’Equipe