Janubiy Koreya U-17 bosh murabbiyi: "O'zbekiston taktik jihatdan kuchli jamoa"

Sherzod Nurmatov
4 okt 2022
U-17 Osiyo Kubogi saralash bashlari oldidan "J" guruhidan o'rin olgan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda Janubiy Koreya o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Byun Son Xvan ham qatnashdi va quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

- Saralash bosqichidagi ishtirok haqida

- Avvalo, mehmondo'stlik uchun O'zbekistonga minnatdorchilik bildiramiz. Bizni juda ham yaxshi kutib olishdi. Bu bosqichda jamoamiz bilan eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatamiz, deb o'ylayman. 

- O'zbekistonga qarshi o'yin haqida

- O'zbekiston taktik jihatdan kuchli jamoa. Biz bu jamoani o'rgandik. Jamoada yaxshi futbolchilar bor. Mazkur bosqichda bizni asosiy raqibimiz ham aynan O'zbekiston hisoblanadi. 

- Jamoa bu bosqichgacha qanday yig'inlar o'tkazgani haqida 

- Biz asosiy e'tiborimizni Osiyo kubogiga qaratilgandik. Etarlicha tayyorlandik, deb o'ylayman. Saralash bosqichidan keyin Osiyo kubogi final bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlikni davom ettiramiz, degan umiddaman.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia