"Janubiy Amerikada bo'lib o'tadigan JCH saralash o'yinlari dunyodagi eng qiyini" - Lionel Skaloni

Sherzod Nurmatov
9 sen 2023
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi jamoaning JCH-2026 saralash bosqichidagi startiga baho berdi.

"Albiseleste" birinchi o'yinda Ekvadorni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

"Men yigitlarning o'yinidan faxrlanaman. Ular aql bovar qilmaydigan darajada o'ynashdi. Jahon chempionati saralash bahsi xuddi shunday o'tishi ham kerak, aslida.

Ekvador – yaxshi jamoa. Ular JCH-2022da Niderlandiyaga muammo tug'dirgandi. Ko'rsatgan o'yinimiz, futbolchilarning munosabati va xohishidan mamnunman. G'alaba qozonishda davom etishimiz lozim. Futbolda asosiysi – erishilgan yutuqlar bilan to'xtab qolmaslik.

Bizning fikrimizcha, Janubiy Amerikada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga saralash o'yinlari dunyodagi eng qiyini hisoblanadi. Biz engilmas jamoa emasligimizni tushunishimiz kerak. Ekvador bilan o'yindagi kabi harakat qilishda davom etishimiz zarur", – dedi mutaxassis.

Amaldagi jahon chempionlari navbatdagi uchrashuvini 12 sentyabr kuni mehmonda Boliviya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: afa.com.ar