Janni Infantino yagona Afrika ligasini tashkil etishni taklif etdi

Alisher
29 noya 2019
FIFA prezidenti Janni Infantino Afrika futbol ligasini tashkil etish g'oyasini ilgari surmoqda.

- Biz 20ta Afrika klubini olib, bitta ligaga joylashtirishimiz kerak. Bunday chempionat har yili 200 million dollar foyda keltirishi mumkin va u dunyoning eng yaxshi 10taligida bo'ladi. Har bir Afrika davlatlariga FIFA standartiga to'g'ri keladigan stadion qurish uchun milliardlar yig'ish kerak. Men Afrika futbolini jahonda eng yuqori darajaga olib chiqmoqchiman, - deydi Infantino.


AlisherMuallif
Manba: AFP