Janluiji Donnarumma keyingi yil "Real"ga o'tadi, lekin tekinga emas

Tolibjon Qosimov
29 iyun 2017, 12:04
"Milan"ning yosh darvozaboni Janluiji Donnarumma baribir keyingi yozda "Real"ga o'tadi.

Lekin, erkin agent bo'lib emas. Bu haqda "Football Italia" xabar berdi. Futbolchi "rossonerlar" bilan tugaydigan shartnomasini uzaytiradi, lekin unda madridliklar 2018 yilda milanliklarga to'laydigan badal puli yozilgan bo'ladi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia