Janluiji Buffon shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirmoqchi

Alisher
18 dek 2019
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon mavsum tugaganidan so'ng faoliyatini yakunlamoqchi emas.

Xabarlarga ko'ra, Italiya terma jamoasining sobiq posboni Turin klubi bilan shartnomasini 2021 yilning yoziga qadar uzaytirishga tayyor.

Buffon joriy mavsum "Yuventus" safida 7ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" afsonasi terma jamoa safida 1997-2018 yillarda o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato