Jan-Per Papen: "Messining g'alabasi "Oltin to'p"ni qadrsizlantiradi"

Aslanov Jasurbek
29 noya 2021
Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Jan-Per Papen bugungi marosimda PSJ hujumchisi Lionel Messi "Oltin to'p"ni olmasligi kerakligini aytdi.

"Messi Amerika kubogini qo'lga kiritgandan keyin Parijda nima qildi? U Fransiya chempionatida bitta, Chempionlar ligasida uchta gol urgan.

Leoga qarshi hech qanday xusumatim yo'q. U tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri. 

Ammo bu yil u sovringa loyiq emas. Messining g'alabasi "Oltin to'p"ni qadrsizlantiradi.

Bu shuni anglatadiki, mavsum davomida yaxshi o'yin namoyish etish qanchalik qiyinligini hisobga olsak, endilikda tahsinga loyiq o'yin ko'rsatgan futbolchilarga sovrin yutish imkoniyati berilmaydi", - dedi Papen.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Futbol Frances