Jamshid Saidov: "Qizil kartochka o'yin natijasiga ta’sir ko'rsatdi"

Alisher
18 may 2024
Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Olimpik" (2:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin tizginini qo'ldan boy berdik. Ikkinchi bo'lim kutilmagan vaziyatlarga boy bo'ldi. Qizil kartochka rejalarimizni o'zgartirib yubordi.


- Akaki Shulayaning chetlatilishi o'yin natijasiga qanchalik ta’sir qildi? Umuman ushbu kartochkaga munosabatingiz qanday?

- Aytib o'tdim, qizil kartochka bizning rejalarimizga ta’sir ko'rsatdi. Shulaya maydondan chiqib ketganidan so'ng o'yin tizginini qo'ldan boy berdik. Shuningdek, "Olimpik" vakillari ham ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirishdi. 

- Sherzod Fayzievning o'yin oldidan jarohat olishi rejalaringizga ta’sir qildimi?

- Bu futbol, unda shunaqa holatlar ham bo'lib turadi. Fayzievning jarohat olishi sabab o'zgarish qilishga majbur bo'ldik. Dastlabki rejaga bu holat ta’sir ko'rsatdi.

- Elgujaning birga-bir vaziyatdan foydalana olmasligi nima bilan bog'liq?

- O'yin amaliyoti kam bo'lganligi sabab unda vaziyatni his qilishda aniqlik etishmadi. Navbatdagi o'yinlarga to'liq tayyor bo'ladi degan umiddamiz.

Stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislardan mag'lubiyat uchun uzr so'raymiz. Navbatdagi uchrashuvlarda g'alaba qozonib, ularni uyga yaxshi kayfiyatda qaytishlariga harakat qilamiz.




AlisherMuallif
Manba: championat.asia