

"Birinchi navbatda yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Ular barcha ko'rsatmalarni 100 foizga bajarishdi. Tarkibda ko'plab yosh futbolchilar maydonga tushishdi, bazilar bugun debyut qilishdi. Ularga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman", - deydi Jamshid Saidov.
- "Buxoro" bugungi o'yinga qanchalik darajada tayyorlandi? O'yindan oldin sizni nima ko'proq tashvishlantirdi?
- Ha, koronavirus tufayli tayyorgarlik uchun vaqtimiz kam edi. Ko'plab o'yinchilarimiz virusni boshdan kechirishdi. "Bunyodkor" qanday o'ynashini bilardik, qisqa vaqt ichida yaxshi tayyorlandik va bugun ochko oldik.
- Milovan Kapor Kanada klubi bilan shartnoma tuzdi. U bilan barcha hisob-kitob qilindimi?
- Ha mart oyida legionerlarimiz o'z yurtlariga jo'nab ketishgandi. Afsuski ular O'zbekistonga qayta olishmadi. Rahbariyat ular bilan muzokara olib bordi va o'zaro kelishgan holda barcha legionerlar bilan shartnomalar bekor qilindi.




