Jamshid Saidov: "Klubga kelib, birinchi navbatda jamoani birlashtirdim"

Administrator
30 iyun 2023
Bugun Coca Cola Superligasining qoldirilgan 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

- Birinchi navbatda yigitlarga rahmat demoqchiman. Ular berilgan topshiriq va vazifani a'lo darajada bajarishdi. G'alaba qozonganimizdan mamnunman. 7 iyulda Dukentda ikki haftalik yig'in boshlaymiz. Jamoani yaxshi tayyorlashga harakat qilamiz. Yangi o'yinchilar qo'shilishadi. Ikkinchi davrada esa oxirigacha harakat qilamiz. 

- "Qizilqum" jamoasiga kelishingiz bilan jamoa taktikasida birinchi qanday o'zgarishni amalga oshirdingiz?

- Birinchi navbatda, men jamoani birlashtirdim. Jamoa sifatida birlashdik. Taktika masalasida ham o'zgarishlar qildik. Raqiblarni o'rgandik, harakat qildik. Yigitlar berilgan ko'rsatmalarni zo'r bajarmoqda. 

- Ikkinchi davrada qanday o'zgarishlar bo'ladi?

- Tarkibda yangilanishlar bo'ladi. Buni aytib o'tdim. Tarkibda ham, o'yin uslubida ham o'zgarishlar bo'ladi. Ikkinchi davra qiziqroq bo'ladi. Katta rahmat.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia