

Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov o'zining instagramdagi sahifasida "Navbahor" muxlislari bilan xayrlashdi. Katta ehtimol bilan, futbolchi ushbu mavsum yakunida "Navbahor"ni tark etadi.
"Hammasi uchun rahmat. Siz aziz muxlislar oldida futbol o'ynash har doim yoqimli bo'lgan", -deb yozadi Jamshid Iskanderov.

Ma'lumot uchun, Jamshid Iskanderov 2022 yilning beshinchi yanvar kuni "Navbahor" klubi futbolchisiga aylangandi.



