Jamshid Hasanov “Qo'qon-1912” bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2018, 09:15
Chempionatimizda transfer oynasi ochiqligi munosabati bilan "Qo'qon-1912"da o'zgarishlar davom etmoqda.

Jamoaning tajribali yarim himoyachisi Jamshid Hasanovga boshqa jamoalardan takliflar bo'lganligi sababli, Hasanov bilan o'rtadagi shartnoma har ikki tomonning roziligi bilan bekor qilindi. Mahoratli yarim himoyachi qo'qonlik muxlislarga o'zining cheksiz hurmati va minnatdorchiligini etkazib qo'yishimizni iltimos qildi.

O'z o'rnida klub ham Jamshid Hasanovga “Qo'qon-1912” futbol klubi uchun qilgan mehnatlari uchun o'z minnatdorchiligimizni izhor qiladi. Hasanovning kelajakdagi faoliyatiga omad tilab qoladi.

Jamshid Hasanovning qaysi klubga ketganiga tez orada aniqlik kiritiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz