Jampaolo iste'foga chiqarilishi mumkin

Mirjalol Normatov
17 yanv 2021
Yaqin vaqtlar ichida "Torino" bosh murabbiy Marko Jampaoloni iste'foga chiqarishi mumkin.

"CalcioMercato" xabariga ko'ra, 53 yoshli mutaxassis bugun klub rahbariyati bilan kelajagi borasida gaplashib oladi. Katta ehtimol bilan u iste'foga chiqariladi.

Shanba kuni "Torino" o'z maydonida "Speciya"ni mag'lub eta olmadi. Garchi jamoa 82 daqiqa mobaynida raqiblaridan bir kishi ko'p bo'lib o'ynagan bo'lsa-da, gollar ura olmadi.

18 turdan keyin 13 ochko yig'gan "Torino" xavfli zonada bormoqda. Jampaolo jamoani o'tgan yozda qabul qilib olgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: CalcioMercato