Jampaolo iste'fo haqida: "Hech qachon! Ketish taslim bo'lish bilan barobar. Biz hech qachon taslim bo'lmaymiz"

"Milan" bosh murabbiyi Marko Jampaolo hech qachon iste'foga chiqmasligini aytib o'tdi.

"Yaxshiroq bo'lish uchun ishlashda davom etamiz. Bizda har doim maksimal maqsadlar bo'ladi. Bularni amalga oshirish uchun bor kuchimizni ishga solishga harakat qilamiz. Hech qachon iste'foga chiqmayman. Ketish taslim bo'lish bilan barobar. Biz hech qachon taslim bo'lmaymiz", – deydi Jampaolo.


Manba: football-italia.net