

O'yin haqida
Ko'rdinglar, bugun yirik hisobda g'alabaga erishdik. Bunaqa o'yinlardan keyin jamoani yig'ib olish qiyin bo'ladi. Bu natijani unutib, oldinda bizni kutib turgan jiddiy o'yinga tayyorgarlikni boshlashimiz zarur.
- Ikkinchi bo'limning taxminan 25-30 daqiqalari davomida terma jamoamiz o'yini o'xshamadi. Buni qanday izoxlaysiz?
- To'g'ri aytdingiz, bu futbolchilar hali yosh. Birinchi bo'limda kiritilgan ko'p gollar balki ularning bir oz bo'shashiga sabab bo'lgandir. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar hayajonni engib o'tishda bir oz qiyinchilikka duch kelishdi.
- Terma jamoamiz zaxirasidan qay darajada ko'nglingiz to'lmoqda?
- Hozir bor imkoniyatimiz shu. Juda ideal deb ayta olmayman. Ammo zaxirada asosiy tarkib o'rnini to'ldiradigan futbolchilar bor.
- Vaziyatlarni yakunlashda bir oz mahorat yetishmagandek ko'rinmoqda...
- Yo'q, buni mahorat bilan bog'lamagan bo'lardim. Buni bosim bilan bog'lagan bo'lardim. Tiklanishga bir kun vaqtimiz bor. Nasib bo'lsa 7-sanada yanada yaxshiroq o'yin namoyish etamiz.



