

Jamoani yarim himoyachi Bekzod Saidov (rasmda 19-raqam – tahr.) tark etdi. Uning keyingi rejalari bilan qiziqdik.

- "Buxoro"ni tark etishingiz sababi nimada? Jarohat yoki boshqa omillarmi?
- O'yin amaliyoti etarli bo'lmadi. Bor gap shu.
- Jamoa elitaga qaytdi. 2020 yil "Buxoro"ni Pro ligaga tushib ketishi yosh o'yinchilarga qay darajada salbiy ta’sir qildi?
- Ko'p yosh futbolchilar ko'chada qolib ketdi. Yangi mavsumda e'tibor yanada yaxshi bo'ladi, deb o'ylayman.
- Superligaga qaytishda nima ko'proq rol o'ynadi?
- Yaxshi tarkib yig'ilgandi va ichki muhit a'lo darajada edi. Barcha futbolchilar maydonga jonini berdi.
- Hakim Fuzaylov haqida fikringiz qanday? Murabbiy bilan gaplashib oldingizmi?
- Albatta, u kishi bilan gaplashib olganman. Hakim Qayumovich yaxshi murabbiy, ikki yil ichida ikkita jamoani Superligaga olib chiqdi. Yangi mavsumda faqat omad tilayman.
- Bekzod Saidov uchun navbatdagi manzil qaysi jamoa bo'ladi?
- 1-2 ta jamoalardan takliflar bor. Hozircha sir saqlaganim maqul. Balki Pro liga yoki Superligada o'ynashim mumkin. Buni vaqt ko'rsatadi.



