

Mazkur sana munosabati bilan O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov FIFA prezidenti rahbarligida o'tgan o'n yillik faoliyatni yodga olib, ushbu davrda jahon futbolida amalga oshirilgan islohotlarni etirof etdi.
- So'nggi o'n yil davomida Janni Infantino rahbarligida FIFA futbolni chin manoda global darajaga olib chiqdi. Ushbu davr O'zbekiston uchun ham yangi imkoniyatlar davri bo'ldi. "FIFA Forward" dasturi orqali yurtimizda to'rtta yangi mashg'ulot maydoni barpo etildi, stadion infratuzilmasi rekonstrukciya qilinib, futbolimiz rivoji uchun mustahkam poydevor yaratildi.
Shuningdek, FIFA Futsal World Cupga mezbonlik qilish xalqaro turnirlarni eng yuqori saviyada tashkil etish borasida mamlakatimiz uchun muhim tajriba bo'ldi. Eng muhimi, Jahon chempionati ishtirokchilari sonining 48 taga kengaytirilishi O'zbekistondagi 38 milliondan ortiq insonning orzusini ro'yobga chiqardi va butun xalqimizni yagona maqsad atrofida birlashtirdi, - deya ta'kidladi Ravshan Irmatov.
Ma'lumot uchun, Janni Infantino 2016 yil 26 fevral kuni FIFA prezidenti lavozimiga saylangan bo'lib, tashkilot tarixidagi to'qqizinchi prezident hisoblanadi.



