Iyunda FIFA prezidentligi uchun saylov bo'lib o'tadi. Ko'plab federatsiyalar Infantino tomonda

Aslanov Jasurbek
4 fev 2019
FIFA prezidentligi uchun saylovlardan oldin tashkilot rahbari Janni Infantinoni 196 federatsiya qo'llab-quvvatlamoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Infantinoning saylovlardagi yagona raqibi "Tottenxem" va Shveytsariya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ramon Vega bo'ladi.

Nomzod bo'lish uchun arizalar 5 fevralgacha qabul qilinadi. 5 may kuni FIFAga kiruvchi tashkilotlarga nomzodlar haqida so'nggi ma'lumot beriladi. FIFA prezidentligi uchun saylov joriy yilning 5 iyun kuni Parijdagi kongressda bo'lib o'tadi.

Infantino 2016 yilning fevralidan beri FIFAni boshqarmoqda. O'shanda u 207tadan 115ta ovoz yig'ib, tashkilot prezidentiga aylangan edi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Financial Times