Iyunda boshlanadigan U-17 Osiyo Kubogiga qachon qur'a tashlanishi ma'lum. O'zbekiston 4-savatchadan o'rin olgan

Eldor Akmurzayev
14 mar 2023
Bu haqda Alisher Nikimbaev o'z sahifasi orqali xabar bermoqda.

Unga ko'ra, 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqichiga 30 mart kuni qur'a tashlanadi. Musobaqa 15 iyunda 2 iyulga qadar Tailandda o'tishi rejalashtirilgan.

Mezbon avtomatik tarzda “A” guruhidan joy oladi va 1-savatchada bo'ladi.

1-savatcha: Tailand, Yaponiya, Tojikiston, J.Koreya;

2-savatcha: Avstraliya, Hindiston, Eron, Yaman

3-savatcha: Malayziya, Vetnam, Afg'oniston, Saudiya Arabistoni;

4-savatcha: Xitoy, O'ZBEKISTON, Qatar, Laos.

Eslatib o'tamiz, joriy turnirda yarim finalga chiqqan terma jamoalar shu yilning noyabr-dekabr oyida Peruda bo'lib o'tadigan 19-jahon chempionatiga yo'llanma oladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev