Ixtiyor Toshpo'latov: “Safarda ikki ochko yo'qotdik”

Narzulla Saydullayev
30 apr 2017, 17:33
Oliy liganing 8-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi “Dinamo”ga qarshi maydonga tushdi va (2:2) durang natija qayd etdi.

Shiddatli bo'lgan o'yinda “Dinamo” darvozasiga ikkinchi golga mualliflik qilgan Ixtiyor Toshpo'latov o'yin borasida o'z firklari bilan o'rtoqlashdi.

- Har ikkala jamoa ham ochiq futbol namoyish etdi. Biz bu o'yinda g'alabaga haqli edik. Safarda ikki ochko yo'qotdik. Menimcha,muxlislarbob  o'yin bo'ldi. Keyingi  turda “Mashal”ni qabul qilamiz. Diqqatimizni ushbu o'yinga qaratamiz. O'yinga ko'plab jizzaxlik muxlislar tashrif buyurdi. Jamoamiz nomidan ularga  katta rahmat aytamiz, - deydi Toshpo'latov.

“So'g'diyona” matbuoti xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia