Ixtiyor Ropiev: "Bunday tarzda qarshi olishlarini kutmagandim. Muxlislarga rahmat"

Aslanov Jasurbek
26 sen 2021
Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlagan futzal terma jamoamiz bugun tunda yurtimizga qaytib kelishdi.

Vakillarimizni keng futzal jamoatchiligi, muxlislar, OAV va o'yinchilarning yaqinlari tantanali tarzda kutib oldi. Biz bu boradagi taassurotlarni bilish maqsadid mundialda o'zini ko'rsatgan Ixtiyor Ropievga mikrafon tutdik.

"Ochig'i, bunday tarzda qarshi olishllarini kutmagandim. Mag'lubiyatga uchraganimizga qaramasdan, muxlislar yarim kechasi bizni qo'llab-quvvatlagani chiqishgani tahsinga loyiq. Kelasi turnirlarda Eronni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilamiz. Bu qo'limizdan kela olishini ko'rsatdik. Ha, Jahon chempionatida ilk bor qatnashdim. Birinchi uchrashuvda bir oz hayajon bo'ldi. Keyingi o'yinlarda o'zimizga kelib oldik va guruhdan chiqishni uddaladik. Bu bilan to'xtab qolmaymiz. Barchaga katta rahmat",- deydi Ropiev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia