Italyan klubi Sancho uchun MYUga 10+5 mln evro taklif qildi

Alisher Ostonov
12 iyul 2025
"Yuventus" MYUga Jeydon Sancho uchun 10+5 mln evro taklif qildi.

Turinliklar 25 yoshli vingerga davogarlik qilishni davom ettirmoqda.

Jurnalist Janluka Di Marcioning yozishicha, "Yuve" "Manchester Yunayted"ga 10 million evro va 5 million bonus taklif qilgan.

Jeydon o'tgan mavsumni "Chelsi"da ijarada o'tkazgandi. U "ko'klar" safida barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda 5 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com