Italiyaning Urugvay va Lixtenshteynga qarshi o'yinlar uchun tarkibi ma'lum

Narzulla Saydullayev
28 may 2017, 09:36
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampero Ventura Urugvayga qarshi o'rtoqlik va Lixtenshteynga qarshi JCH-2018 saralashi doirasidagi o'yinlar uchun chaqirilgan futbolchilar nomini e'lon qildi.

Ro'yxatdan 26 nafar futbolchi o'rin oldi. Uchrashuvlar 7 va 11 iyun kunlari Nicca va Udine shaharlarida bo'lib o'tadi.

Darvozabonlar: Janluidji Buffon (Yuventus), Janluiji Donnarumma (Milan), Simone Skuffet (Udineze);

Himoyachilar: Jorjo Kellini, Leonardo Bonuchchi, Andrea Bardzali (barchasi - Yuventus), Davide Astori (Fiorentina), Mattia Kaldara, Leonardo Spinaccola (ikkisi - Atalanta), Federiko Chekkerini (Krotone), Danilo D’Ambrozio (Inter), Matteo Darmian (Manchester Yunayted), Emerson (Roma);

Yarim himoyachilar: Daniele de Rossi (Roma), Klaudio Markizio (Yuventus), Antonio Kandreva (Inter), Marko Verratti (PSJ), Rikkardo Montolivo (Milan), Federiko Bernardeski (Fiorentina), Lorenco Pellegrini (Sassuolo);

Hujumchilar: Andrea Belotti (Torino), Chiro Immobile (Lacio), Eder Martins (Inter), Manolo Gabbyadini (Sautgempton), Stefan El-Shaaravi (Roma), Lorenco Insine (Napoli).

Yuventus futbolchilari YCHL finali tufayli 5 iyun kuni termaga qo'shilishadi. Kaldara, Chekkerini va Pellegrini jamoa safida 5 iyunga qadar shug'ullanishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: figc.it