Italiyada yana bir futbolchining uyiga o'g'ri tushdi

Mirjalol Normatov
20 dek 2021
Italiyada futbolchilarning uyini o'marish jadal avj olmoqda.

O'tgan haftada "Udineze" futbolchisi Antonio Di Natale hamda "Napoli" yarim himoyachisi Adam Unaning uyi tunab ketilgandi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, juma oqshomida "Jenoa" posboni Salvatore Siriguning uyiga o'g'ri tushgan. Bu paytda jamoa A Seriya doirasida "Lacio"ga qarshi safar o'yinida ishtirok etayotgandi.

Ushbu o'g'rilikni mahalliy "akrobatlar" to'dasi uyushtirgani ma'lum qilindi. Ular doimo uyga trubalarga tirmashib chiqib, oyna orqali uylarga kirishadi.

Xabarlarga ko'ra, Siriguning oltin va kumush buyumlari o'g'irlab ketilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport