Italiya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi qita chempionlari o'yini o'tkaziladigan joy aniq bo'ldi

Оқил Абдубарноев
15 dek 2021
Yevropa futbol associasiyalari ittifoqi (UEFA) va Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) qita chempionati o'yinini o'tkazish joyi sifatida Londonni tanladi.

Evro-2020 g'olibi Italiya terma jamoasi 2022 yilning 1 iyun kuni Amerika kubogi-2021 chempioni Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq Yevropa chempionati va Amerika kubogi g'oliblari boshqa qita musobaqalari g'oliblari bilan birlashib, har bir jahon chempionatidan bir yil oldin o'tkazilgan, ammo keyinchalik bekor qilingan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etib kelishardi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/RobHarris