Italiya TJga gol urgani uchun futbolchi klubdan haydalgan

Eldor Akmurzayev
25 iyul 2022, 09:00
“Peruja” sobiq himoyachisi Rahmon Rizoi jamoadagi sherigi An Jon Xvanning klubdan ketishi bilan bog'liq voqeani esga oldi.

Uning ma'lum qilishicha, Xvan JCH-2002 1/8 finali Italiyaga qarshi o'yinda (2:1) g'alaba golini urgani uchun “Peruja” rahbari Luchano Gauchchi futbolchini klubdan xaydashga qaror qilgan. Mazkur to'p qo'shimcha bo'limda kiritilgandi.

“O'shanda prezidentning qattiq jahli chiqqandi. An hakamlarning xatosidan keyin gol urgandi. Xvan professionallarcha ish tutdi, yani, o'ziga yuklangan vazifani uddaladi, Gauchchi esa o'zini juda xunuk ko'rsatib qo'ydi”, deydi Rizoi.

2002 yilgi mundialda mezbonlardan biri J.Koreya italiyaliklardan keyin Ispaniyani mag'lub qilib, yarim finalga yo'l olgan va Germaniyaga 0:1 hisobida yutqazgandi. Bronza medali uchun bahsda esa koreyaliklar Turkiyaga imkoniyatni boy (2:3) bergandi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Iposticipo.it