Endi Italiya terma jamoasini “Giorgio Armani” ​kiyintiradi

Aslanov Jasurbek
20 mar 2019
Italiya futbol federatsiyasi mashhur “Giorgio Armani” ​ brendi bilan 4 yillik kelishuvga erishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, kompaniya Italiyaning erkaklar, ayollar milliy terma jamoalarini hamda yoshlar termalarini ham kostyum, ko'ylak va paltolar bilan taminlaydi. Shuningdek, Armani qo'shimcha sifatida o'yinchilarga oyoq kiyim, sumka, kamar, ryukzak va boshqa atributlarni taqdim etadi. Italiya termasi a'zolari yangi brend libosida jamoaviy rasmga tushishga ham ulgurishdi.

“Skuadra Azzurra”ning avvalgi brend homiysi  “Dolce Gabbana” edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia