Italiya terma jamoasi a'zosi Spinaccola uzoq muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2021
Buni Italiya terma jamoasi tibbiyot xodimlari tasdiqlashdi.

Belgiya termasiga qarshi o'yinda jarohat olgan Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Spinaccola tibbiy tekshiruvlardan o'tdi va u keyingi 5-6 oyni maydondan tashqarida o'tkazishi ma'lum bo'ldi.

"Tez orada qaytishimga ishonchim komil! Bunday jamoaviy ruhiyatda ilojsiz narsaning o'zi yo'q", – dedi Spinaccola

27 yoshli futbolchi joriy Evro'da 4 ta o'yinda qatnashib, 1 ta golli pas uzatdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: figc.it