Italiya S seriyasiga tushirib yuborilgan "Palermo"da o'ynagan yulduzlar

Narzulla Saydullayev
23 may 2019
2012 yil Yevropa ligasida ishtirok etgan, 2017 yilda Italiya A seriyasidan tushib ketgan "Palermo" klubi esingizdami?

Bu yil B seriyada ishtirok etib, uchinchi o'rinni egallagan "Palermo" A seriya yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Biroq Italiya federal sudi qarori bilan S seriyaga tushirib yuborildi. Klub sobiq rahbari Maurisio Dzamparini "Palermo"ni sotish vaqtida "pul yuvish" operaciyasini bajarganlikda ayblangani bunga sabab bo'ldi.

"Palermo" safida o'ynagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani taqdim etamiz.


Darvozabon: Salvatore Sirigu
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 80
Hozirgi klubi: "Torino"



Himoyachi: Andrea Barcali
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 165
Hozirgi klubi: "Yuventus"



Himoyachi: Kamil Glik
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 4
Hozirgi klubi: "Monako"



Himoyachi:
Simon Kyaer
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 65
Hozirgi klubi: "Sevilya"




Yarim himoyachi: Matteo Darmian
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 16
Hozirgi klubi: "Manchester Yunayted"



Yarim himoyachi: Xaver Pastore
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 82
Hozirgi klubi: "Roma"




Yarim himoyachi: Franko Vaskes
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 109
Hozirgi klubi: "Sevilya"



Yarim himoyachi: Yosip Ilichich
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 107
Hozirgi klubi: "Atalanta"



Hujumchi: Paulo Dibala
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 93
Hozirgi klubi: "Yuventus"




Hujumchi: Edinson Kavani
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 117
Hozirgi klubi: PSJ



Hujumchi: Andrea Belotti
"Palermo"dagi o'yinlari soni: 64
Hozirgi klubi: "Torino"




Mana shu tarkib Italiya A seriyasida qaysi o'rinlar uchun kurashgan bo'lardi?


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia