Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Ronalduning "Yuventus"ga transferi to'g'ri qadam bo'lgan deb hisoblamaydi

Alisher
19 okt 2021
Italiya futbol federatsiyasi prezidenti (FIGC) Gabriele Gravina "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning 2018 yilda "Real"dan "Yuventus"ga o'tishi haqida gapirdi.

"Krishtianu bilan shartnoma Turin klubi uchun to'g'ri qadam bo'lgan deb o'ylamayman. Bu falsafam sabab emas.

Bu transfer italyan futboli uchun yaxshi bo'lgan, ammo "Yuventus"ga kelsak, bunday deb hisoblamayman", - deydi Gravina.

Ronaldu 2018-2021 yillarda turinliklar safida o'ynadi. Futbolchi ushbu yilning avgustida MYUga qaytdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato